Bugun 1 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Kamal Tarixov Qoraqalpog‘iston sudi raisi etib saylandi

Kamal Tarixov Qoraqalpog‘iston  sudi raisi etib saylandi

Kamal Tarixov Qoraqalpog‘iston sudi raisi lavozimiga saylandi. Bu haqda Jo‘qorg‘i Kenges matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining navbatdagi yig‘ilishida Qoraqalpog‘iston sudining raisini saylash masalasi ko‘rib chiqilgan.

Sudyalar oliy kengashining O‘zbekiston prezidenti bilan kelishilgan xulosasi asosida Jo‘qorg‘i Kenges raisining taklifiga binoan deputatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi raisi lavozimiga Kamal Tarixov nomzodini ma’qulladi.

Yakunda uni mazkur lavozimga tayinlash va amaldagi sud raisi Gulnara Bazarbayevani vazifasidan ozod etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Kamal Tarixov bunga qadar Qoraqalpog‘iston sudi raisining fuqarolik ishlari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

Kiritildi: 15:03 07.04.2022. O'qildi: 2967 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!