Bugun 5 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Kam ta’minlangan oilalarga 19 mlrd so‘mdan ortiq QQS qaytarildi

Kam ta’minlangan oilalarga 19 mlrd so‘mdan ortiq QQS qaytarildi

2023 yil 1 maydan “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan jismoniy shaxslar chakana savdo ob’ektlaridan ayrim mahsulotlarni sotib olganda xarid summasidan 1% miqdordagi keshbek o‘rniga, 12% QQS (ijtimoiy keshbek) summasini qaytarib oladi.

2025 yilning I choragida 168 146 nafar iste’molchiga 19,7 mlrd so‘mga yaqin ijtimoiy keshbek to‘lab beriladi.

TOP-3 hududlar:

Toshkent shahri - 5,4 mlrd so‘m;

Samarqand viloyati - 2,2 mlrd so‘m;

Toshkent viloyati - 1,8 mlrd so‘m.

Keshbek olish uchun Soliq mobil ilovasida xarid chekining QR-kodini skaner qilish lozim.

Kiritildi: 08:38 03.05.2025. O'qildi: 462 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!