Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

«Kalmar o‘yini» : 1 sent atrofida sotilgan kriptovalyuta narxi 2,34 dollarga ko‘tarilgan

«Kalmar o‘yini» : 1 sent atrofida sotilgan kriptovalyuta narxi 2,34 dollarga ko‘tarilgan

Netflix platformasi orqali namoyish etilgan va butun dunyoda mashhur bo‘lib ketgan «Kalmar o‘yini» serialining kriptovalyutasi chiqarildi.

«Kalmar» kriptovalyutasi seshanba kuni 1 sent atrofida sotilgan bo‘lsa, juma kuni uning narxi 2,34 dollarga ko‘tarilgan.

Narxlarning keskin ko‘tarilishi natijasida kriptovalyutaning bozor kapitallashuvi 184 million dollarga yetdi.

«Bunday tangalar investorlarni tezda hayojonlantiradi, bu esa vahshiyona oshirilgan narxlarga olib keladi. Natijada bu kabi chayqovchilikka berilib ketgan sodda chakana investorlar katta yo‘qotish xavfiga duch kelishadi», deydi Kornel universiteti iqtisodchisi Esvar Prasad.

Ma’lumot uchun, Janubiy Koreyaning «Kalmar o‘yini» serialida ijtimoiy tengsizlik g‘oyasi ifoda etilgan bo‘lib, voqealar zamonaviy Seulda yuz beradi. 456 kishidan iborat guruhga yirik miqdordagi mablag‘ni yutib olish imkoniyatini beruvchi bolalar o‘yinlarini o‘ynash taklif etiladi, ammo o‘yinda yutqazganlar hayot bilan vidolashishiga to‘g‘ri keladi.

Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, koreys seriali Netflix tomonidan 21,4 million dollarga xarid qilingan va kompaniya serial orqali 900 million dollarga yaqin foyda ko‘rgan.

Kiritildi: 20:15 29.10.2021. O'qildi: 4399 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!