Ukrainadagi tinchlik jarayoni amalda to‘xtab qoldi va Yevropa Ittifoqi Moskvani muzokaralarga undash uchun bosim o‘tkazishni davom ettirish niyatida.
Evropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Kaya Kallas bu haqda Yevropa Ittifoqi Tashqi ishlar kengashining rivojlanish bo‘yicha yig‘ilishidan oldin ma’lum qildi.
"Biz tinchlik muzokaralari to‘xtab qolganini ko‘rmoqdamiz. U yerda aslida hech narsa sodir bo‘lmayapti", dedi u jurnalistlarga.
Evropa diplomatiyasi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi Rossiyaning pozisiyasini yetarlicha kuchli deb hisoblamaydi va Moskvani muloqotga qaytishga majburlash uchun bosimni kuchaytirishga umid qilmoqda.
U shuningdek, Xitoyning roliga ishora qilib, Moskva bilan yaqin munosabatlarni saqlab turgan Pekin vaziyatga ta’sir ko‘rsatishga qodir ekanligini ta’kidladi.
"Rossiya bilan yaqin munosabatlarga ega bo‘lgan Xitoy ham ularni bu urushni to‘xtatishga ishontirishda rol o‘ynaydi", deb ta’kidladi u.
Kiyevni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash haqidagi savolga javoban Kallas Ukraina uchun yangi kreditning birinchi transhini iyun oyining birinchi yarmida o‘tkazish rejalashtirilganini aytdi: "Biz buning ustida ishlayapmiz; shartlar allaqachon tayyor".