Bugun 26 avgust, 2026 yil, chorshanba

КИР

Kaliforniyadagi Trampning golf klubi yaqinida qurollangan erkak qo‘lga olindi

Kaliforniyadagi Trampning golf klubi yaqinida qurollangan erkak qo‘lga olindi

Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari Janubiy Kaliforniyadagi Trump National golf klubi yaqinida qurollangan odamni hibsga oldi.

Bu haqda Los-Anjeles okrugi sherif departamenti xabar berdi.

Departament ma’lumotlariga ko‘ra, federal agentlar golf maydonida shubhali shaxs haqida xabar berishgan, shundan so‘ng u hibsga olingan.

Federal huquqni muhofaza qilish organlaridagi manba CNNga aytishicha, hozirda bu odam AQSh prezidenti Donald Trampga suiqasd uyushtirishni rejalashtirgan deb taxmin qilish uchun hech qanday sabab yo‘q. Biroq, tergov davom etmoqda.

Ta’kidlanishicha, Donald Tramp bugun Respublikachilar milliy qo‘mitasi tadbirida ishtirok etish uchun Los-Anjelesga tashrif buyurishi rejalashtirilgan.

Polisiya ma’lumotlariga ko‘ra, hibsga olingan erkak Daunidan bo‘lgan 38 yoshli Djenin Djon Teyl. U shuningdek, El-Segundo polisiya departamenti tomonidan o‘g‘irlik bo‘yicha tergovda gumon qilinmoqda.

Kiritildi: 11:20 05.08.2026. O'qildi: 1749 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!