Kabardin-Balkariya (RF)dagi Bezengi darasida qor ko‘chkisi qurbonlari soni yetti nafarga yetdi.
Bu haqda dushanba kuni manbaga tayanib, "Izvestiya" xabar bermoqda.
"Kabardin-Balkar Respublikasida qor ko‘chkisi ostida qolgan yettita jasad bor", — dedi nashr suhbatdoshi.
Respublika Favqulodda vaziyatlar vazirligi bosh boshqarmasining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, ikki nafar halok bo‘lgan va 10 nafar bedarak yo‘qolgan alpinist ma’lum bo‘lgan.