Bugun 20 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Ka’ba yopinchig‘i ustida nimalar yozilgan?

A A A
Ka’ba yopinchig‘i ustida nimalar yozilgan?

Har bir mo‘min Makkadagi Masjidul Haromda ibodat qilar ekan, Ka’bani ko‘rib hayratlanadi, zavqlanadi. Ammo, biz Ka’ba yopinchig‘i – kisvada nimalar yozilganini bilamizmi, ularning ma’nosini-chi?

Ushbu maqolada yozuvlardan ba’zilari, xususan, kisvaning Shom (Ruknul Shomiy) bilan Yaman burchagi (Ruknul Yamaniy) orasidagi yozuvlarni keltirishga harakat qilamiz.

Ka’ba yopinchig‘i ustida nimalar yozilgan?

Ka’ba yopinchig‘i ustida nimalar yozilgan?

Ka’baning Yaman burchagi

Bu yozuvlar tilla suvi yurgizilgan iplardan to‘qilgan bo‘lib, Qur’on oyatlaridan iboratdir.

Eng yuqori chiziqlar orasidagi oyatlar «basmala» bilan boshlangan:

«Mehribon va Rahimli Alloh nomi bilan»

So‘ngra Haj surasining to‘rt oyati yozilgan:

26. (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), eslang, Biz Ibrohimga Baytullohning o‘rnini belgilab berib: «Sen Menga biron narsani sherik qilmagin va Mening Baytim — Uyimni tavof qilguvchilar qiyom, ruku’, sajda qilguvchilar uchun pok tutgin!», dedik.

26 – o ya t  i z o h i. Ushbu oyatdagi «Baytullohning o‘rnini» shunday tushunmoq lozim: Odam alayhissalom jannatdan Yerga tushganlarida Alloh taoloning amri bilan birinchi bino qilgan uylari Baytulloh bo‘lgan ekan. Lekin Nuh payg‘ambar zamonlarida bo‘lgan to‘fon balosida Alloh taoloning farmoni bilan farishtalar u uyni yettinchi osmonga olib chiqib ketgan ekan. Hadisi sharifda aytilishicha, o‘sha davrdan buyon samodagi Baytullohni har kuni yetmish ming farishta tavof qilar, ammo Allohning lashkari bo‘lmish farishtalarning sanog‘i shu qadar beadad ekanki, hanuzgacha bir farishta ikki marta tavof qilishga ulgurmagan ekan. Ana o‘sha samoga olib chiqib ketilgan Baytullohning o‘rnini Alloh taolo Ibrohim alayhissalomga bildirib, o‘sha joyga barcha musulmonlar uchun qibla bo‘lgan Baytulloh bino qilishni buyurgan.

27. Va odamlar orasida yurib ularni hajga chaqirgin, ular senga, ya’ni, sening da’vatingga javoban yayov hollarida va yiroq yo‘llardan keladigan oriq-holdan toygan tuyalar ustida kelurlar.

28. Ular o‘zlari uchun bo‘lgan diniy va dunyoviy manfaatlarga shohid bo‘lish uchun va ma’lum kunlarda, ya’ni, Qurbon hayiti kunlarida Alloh ularga rizq qilib bergan chorva hayvonlarini qurbonlik uchun so‘yish ustida Alloh nomini zikr qilish uchun kelurlar. Bas, undan o‘zlaringiz ham yeyaveringlar, bechora kambag‘allarga ham yediringlar.

29. So‘ngra, qurbonlik qilganlaridan keyin ular kirlarini ketkazsinlar, ya’ni, ehromdan chiqib, sochlarini oldirib, toza liboslarini kiysinlar, nazrlarini, ya’ni zimmalaridagi haj majburiyatlarini to‘la ado qilsinlar va «Eski Uy»ni tavof qilsinlar!

Ka’ba yopinchig‘i ustida nimalar yozilgan?

Ikkinchi qatordagi chiziqlar orasida yana ikkita yozuv mavjud. O‘ng tomondagi yozuv «basmala» bilan boshlangan:

«Mehribon va Rahimli Alloh nomi bilan»

So‘ngra Ahzob surasining 47-oyati berilgan:

47. Mo‘minlarga xushxabar beringki, shak-shubhasiz, ular uchun Alloh tomonidan katta fazlu marhamat bordir.

Chap tomondagi yozuv quyidagi «Alloh taolo aytadi» so‘zlari bilan boshlanadi.

Niso surasining 110-oyati:

110. Kim biron-bir yomon ish qilsa yoki o‘z joniga jabr qilsa, so‘ngra Allohdan mag‘firat so‘rasa, Allohni mag‘firat qilguvchi va mehribon ekanini topar-ko‘rar.

Ka’ba yopinchig‘i ustida nimalar yozilgan?

Yuqoridagi oyatlar kisvaning Shom va Yaman burchagi orasida yozilgan bo‘lib, yopinchiqning qolgan uch tomonida ham Qur’on oyatlari bitilgan.

Kiritildi: 11:07 24.06.2020. O'qildi: 6628 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!