Bugun 27 aprel, 2026 yil, dushanba

КИР

Jurnalistlar Vinisiusning «Real» bilan muzokaralari nega to‘xtab qolganini ma’lum qildi

Jurnalistlar Vinisiusning «Real» bilan muzokaralari nega to‘xtab qolganini ma’lum qildi

25 yoshli braziliyalik hujumchi Vinisius Junior va Madridning «Real» klubi o‘rtasida shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralar to‘xtab qolgan. Amaldagi bitim 2027 yil yozigacha mo‘ljallangan.

Insayderlar ta’kidlashicha, asosiy muammo futbolchining maoshi bo‘lib qolmoqda. Vinisius yiliga 30 million yevro talab qilmoqda, «Real» esa unga yiliga 20 million yevro to‘lashga tayyor va o‘z taklifini oshirishni rejalashtirmayapti.

Joriy mavsumda Vinisius «Real» safida 49 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 19 ta gol va 12 ta golli uzatma bor.

Kiritildi: 23:46 26.04.2026. O'qildi: 258 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!