Bugun 26 aprel, 2026 yil, yakshanba

КИР

Ukraina dronlari Yaroslavl va Cherepovesdagi zavodlarga hujum qildi

Ukraina dronlari Yaroslavl va Cherepovesdagi zavodlarga hujum qildi

Yaroslavl viloyati gubernatori Mixail Yevrayev viloyat markazida dron hujumi qaytarilganini, jabrlanganlar yo‘qligini ma’lum qildi. Ukrainaning Exilenova+ monitoring kanali esa Yaroslavl aholisi tomonidan olingan kadrlarni e’lon qildi. Ta’kidlanishicha, ularda Rossiyadagi eng yirik korxonalardan biri — Yaroslavl neftni qayta ishlash zavodidagi yong‘in aks etgan.

Vologda viloyati gubernatori Georgiy Filimonovga ko‘ra, 14 taga yaqin dron Cherepovesdagi "Apatit" korxonasiga hujum qilgan. Bu Yevropaning eng yirik fosforli o‘g‘itlar zavodi bo‘lib, u Ukraina chegarasidan taxminan 900 km uzoqlikda joylashgan. Hujum oqibatida sulfat kislotasi quvuri shikastlangan va 5 kishi kuyish jarohati bilan kasalxonaga yotqizilgan.

Rasmiylar havoda kislota miqdori me’yordan oshmaganini bildirmoqda. Shuningdek, ommaviy axborot vositalarida Tambov viloyatining Michurinsk shahrida ham dronlar hujumi haqida xabar berildi.

Exilenova+ ma’lumotlariga ko‘ra, nishon "Drujba" neft quvurining bir qismi bo‘lgan "NikolskoYE" neft stansiyasi bo‘lgan. Bundan tashqari, Sevastopoldagi ob’ektlarga ham hujum uyushtirilgani aytilmoqda.

Kiritildi: Bugun 13:25. O'qildi: 448 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!