Jurnalist Taker Karlsonning siyosiy maqsadlari bor, deydi The Wall Street Journal.
Nashrning Respublikachilar partiyasidagi manbalari uning «bir kun kelib yuqori lavozimlarga nomzodini qo‘yishi mumkinligini» tasdiqlaydi.
Nashrning yozishicha, Karlsonning qurultoydagi nutqi uning «konservativ harakatdagi o‘rni qayta tiklanganidan» dalolat beradi. Jurnalist, shuningdek, Ogayo shtati senatori J.D.Vensga yaqin hisoblanadi. Miluokidagi Respublikachilar milliy qurultoyida Karlson diqqat markazida edi.