Jud Bellingem yelkasidagi operasiyadan so‘ng muvaffaqiyatli tiklanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, "Real" yarim himoyachisi 2023 yilning noyabridan buyon yelkasida muammolar bor edi.
Iyul oyi o‘rtalarida o‘tkazilgan operasiyadan so‘ng Bellingemning tiklanishi 10 dan 12 haftagacha davom etishi ta’kidlangan.
Futbolchining tiklanishi yaxshi ketmoqda, deb xabar bermoqda AS nashri.
Angliyalik futbolchi oktyabr oyi boshida bo‘lib o‘tadigan xalqaro tanaffusga qadar maydonga qaytishni istamoqda, ammo klub ehtiyotkorlik bilan harakat qilishni ma’qul ko‘rmoqda.
Futbolchi yakunda muddatlarni qisqartira oladimi yoki yo‘qmi, hozircha aniq emas.