Bugun 11 iyul, 2025 yil, juma

КИР

JSST koronavirusning yangi to‘lqini boshlanishidan xavotirda

A A A
JSST koronavirusning yangi to‘lqini boshlanishidan xavotirda

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lum qilishicha, “omikron” shtammining yangi XBB.1.5 subvarianti 29 mamlakatda ro‘yxatga olindi. Qolaversa, u bir necha hafta ichida AQShda dominant versiyaga aylandi. Hozir yangi mutasiya Yevropa mamlakatlarida ham keng tarqalmoqda.

“Biz o‘sish sur’atlaridan tashvishdamiz, — deydi JSST eksperti Mariya Van Kerxove. — Chunki hozirgacha ma’lum variantlar orasida XBB.1.5 ning yuquvchanligi yuqori. Xavotirli jihati, u dunyoda koronavirus pandemiyasining yangi to‘lqiniga sabab bo‘lishi mumkin".

Tashkilot rahbari Tedros Gebreyesus ham 2022 yil oxirida aniqlangan mazkur mutasiya haqida to‘xtalar ekan, u “omikron” BA.2 versiyasining rekombinanti ekanligini ta’kidladi.

“Dunyo bo‘ylab kasallanishning yangi to‘lqini kutilmoqda, — deydi u. — Ammo bu o‘lim ko‘rsatkichlari oshishiga olib kelmasligiga ishonamiz. Chunki biz o‘tgan davrda mazkur virusga qarshi kurashish borasida yetarli tajriba to‘pladik”.

Shundan kelib chiqib, mutaxassislar SOVID-19ga qarshi buster dozada emlanish eng to‘g‘ri chora ekanligini ta’kidlamoqda.

Kiritildi: 10:38 05.01.2023. O'qildi: 1744 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!