Bugun 10 iyul, 2025 yil, payshanba

КИР

JSST G‘azoda poliomiyelit virusi tarqalishidan «juda xavotirda»

A A A
JSST G‘azoda poliomiyelit virusi tarqalishidan «juda xavotirda»

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) taxminan 10 oydan beri Isroil hujumlari ostida bo‘lgan G‘azo sektoridagi oqova suvlarda topilgan poliomiyelit virusi tarqalishi ehtimolidan «o‘ta xavotirda» ekanligini bildirdi.

JSSTning bosib olingan Falastin hududlaridagi favqulodda vaziyatlar bo‘yicha mutaxassisi Ayadil Saparbekov G‘azoda poliomiyelit tarqalishi xavfi haqida fikr bildirdi.

Saparbekov BMTning Jenevada bo‘lib o‘tgan matbuot brifingiga G‘azodan qo‘shildi: «Men G‘azoda poliomiyelit tarqalishidan juda xavotirdaman», dedi u.

Saparbekovning aytishicha, G‘azodagi kanalizasiyadan olingan namunalarda poliomiyelit virusining 2-turi aniqlanganidan buyon kasallik bilan bog‘liq birorta ham tasdiqlangan holat qayd etilmagan.

JSST va UNICEF payshanba kuni poliomiyelit epidemiyasi borligini aniqlash uchun G‘azoga 50 ta to‘plam jo‘natishini bildirgan Saparbekov, testlarning Iordaniyaga yuborilishini ta’kidladi.

U nafaqat poliomiyelit tarqalishidan, balki G‘azodagi boshqa yuqumli kasalliklardan ham xavotirda ekanini ta’kidladi.

Kiritildi: 22:29 23.07.2024. O'qildi: 849 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!