Bugun 27 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

JSST: G‘azoda ochlik va oziq-ovqat tanqisligi juda muhim darajaga yetdi

 JSST: G‘azoda ochlik va oziq-ovqat tanqisligi juda muhim darajaga yetdi

Shafqatsiz blokada va Isroilning shiddatli hujumlari ostidagi G‘azo sektorida ochlik va oziq-ovqat tanqisligi o‘ta og‘ir darajaga yetdi, bu esa o‘limga olib keldi, dedi Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Sharqiy O‘rta yer dengizi bo‘limi direktori Xanan Balxiy.

78-Jahon sog‘liqni saqlash assambleyasida qatnashayotgan Jenevada Anadolu agentligiga bergan intervyusida Balxiy G‘azodagi gumanitar vaziyatni halokatli deb baholadi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, sog‘liqni saqlash sohasidagi asosiy infratuzilma butunlay vayron qilingan. "Odamlar o‘ta og‘ir sharoitlarda yashaydi. Gigiyena - salomatlik asosi, ammo G‘azoda u etishmayapti. Tibbiyot tizimi vayronaga aylangan, bir nechta kasalxonalar qisman ishlamoqda. Biz katta resurslar tanqisligiga duch kelmoqdamiz: zarur dori-darmonlar va vaksinalarning 41-42 foizi, shuningdek, tibbiy asbob-uskunalarning qariyb 64 foizi etishmayapti ", dedi u.

Balxiyning ta’kidlashicha, halokatli sharoitlarga qaramay, tibbiyot xodimlari fidokorona mehnat qilishda davom etmoqda. Shuningdek, u kasalliklarning ko‘payishini qayd etdi: "Biz terida toshmalar, pnevmoniya, ko‘plab infeksiyalar va travmadan keyingi stress buzilishini kuzatmoqdamiz. Bularning barchasi sektor aholisiga juda salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda".

Kiritildi: 14:59 28.05.2025. O'qildi: 673 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!