📊 Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining so‘nggi hisobotiga ko‘ra, sentyabr oyida dunyo bo‘yicha mpox (maymun chechagi) infeksiyasiga chalinish holatlari rekord darajaga yetgan.
📈 Bu davrda 2763 ta yangi kasallanish holati ro‘yxatga olinib, avgust oyiga nisbatan 8 foiz o‘sish qayd etilgan. Aniqlangan bemorlarning asosiy qismi, ya’ni 1756 nafari Afrika mintaqasi aholisi hissasiga to‘g‘ri keladi.
🔎 O‘z navbatida, maymun chechagi virusidan o‘lim ko‘rsatkichlari ham ortmoqda. Afrika kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazining ma’lum qilishicha, shu kungacha mpoxni yuqtirgan bemorlardan 1,1 ming nafari hayotdan ko‘z yumgan.
📌 Shunga asoslanib, markaz “Afrikada ushbu infeksiya tarqalishi bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat nazoratdan chiqmoqda” deb xulosa qildi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.