Bugun 4 may, 2026 yil, dushanba

КИР

JSST: Dunyoda kuniga qariyb 5 ming odam gepatitga chalinmoqda

JSST: Dunyoda kuniga qariyb 5 ming odam gepatitga chalinmoqda

📊 Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti virusli gepatit bo‘yicha yangi hisobotini e’lon qildi. Unda qayd etilishicha, so‘nggi 10 yilda ushbu kasallikka qarshi kurashishda ma’lum yutuqlarga erishilgan. Xususan, gepatitning B turiga chalinish holatlari 32 foizga, C turidan o‘lim ko‘rsatkichlari esa 12 foizga kamaygan.

🔎 Shunga qaramay, bu xastalik hamon insoniyat salomatligi uchun jiddiy tahdid bo‘lib qolmoqda. Mavjud dinamika 2030 yilgacha kasallikni bartaraf etishga qaratilgan global maqsadlarga erishish uchun yetarli emas.

🏵 Masalan, 2024 yilda virusli gepatit 1,34 million kishining hayotiga zomin bo‘lgan. Hozir ham infeksiya tarqalishda davom etmoqda. Kuniga 4900 dan ortiq, yil davomida esa 1,8 millionga yaqin yangi kasallanish holatlari qayd etilyapti.

💬 JSST rahbari Tedros Gebreyesusning fikricha, gepatitni butunlay jilovlasa bo‘ladi. Buning uchun profilaktika, tashxis va davolash ishlarini kuchaytirish zarur.

💉 Jumladan, bolalarni gepatit B ga qarshi emlash kelgusida jigar kasalliklari xavfini sezilarli darajada kamaytiradi. Ya’ni ularning himoya qilish samaradorligi 95 foizdan ortiqni tashkil etadi.

‼️ O‘z navbatida, zamonaviy davolash usullari gepatit C ni to‘liq davolash imkonini beradi.

Kiritildi: Bugun 17:00. O'qildi: 300 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!