Bugun 16 iyun, 2026 yil, seshanba

КИР

JSST anomal issiqdan himoyalanish bo‘yicha tavsiyalarini yangiladi

JSST anomal issiqdan himoyalanish bo‘yicha tavsiyalarini yangiladi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) anomal issiq sharoitida aholi salomatligini muhofaza qilishga qaratilgan yangilangan tavsiyalarini e’lon qildi.

Tashkilot ma’lumotiga ko‘ra, iqlim o‘zgarishi va urbanizasiya jarayonlari ta’sirida dunyo bo‘ylab kuzatilayotgan kuchli issiq to‘lqinlari jamoat salomatligi uchun tobora katta xavf tug‘dirmoqda. Bu esa kasallanish va o‘lim holatlarining ko‘payishiga olib kelmoqda.

Qayd etilishicha, so‘nggi to‘rt yil davomida Yevropa mintaqasida jazirama oqibatida 200 mingdan ortiq kishi vafot etgan. Eng yuqori ko‘rsatkichlar Italiya, Ispaniya, Germaniya va Gresiyada kuzatilgan.

Yangilangan tavsiyalarda anomal issiq haqida barvaqt ogohlantirish tizimlarini rivojlantirish, aholining xavf guruhlarini o‘z vaqtida xabardor qilish, shuningdek, shaharlarda yashil hududlar va suv ob’ektlarini ko‘paytirish kabi chora-tadbirlar nazarda tutilgan.

JSST, ayniqsa, 65 yoshdan oshgan fuqarolar hamda surunkali kasalliklarga chalingan bemorlarga issiq havo sharoitida o‘z salomatligiga alohida e’tibor qaratishni tavsiya etgan.

Kiritildi: Bugun 14:17. O'qildi: 264 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!