Al-Jazeera: Yarim million kishi ichimlik suvidan mahrum.
Jinoyatchi Isroilning muhim suvni chuchuklashtirish inshootiga elektr ta’minotini to‘xtatish qarori tufayli G‘azoning markaziy hududida yarim millionga yaqin aholi ichimlik suvidan yetarli darajada foydalana olmayotgan juda og‘ir vaziyat yuzaga kelmoqda.
Bu yerda ularning yagona imkoniyati juda sho‘r va inson iste’moli uchun yaroqsiz bo‘lgan dengiz suvidan foydalanishdir.
G‘azoga qarshi urush boshlanganidan beri jinoyatchi Isroil harbiy kuchlari G‘azo sektori bo‘ylab barcha ta’minotni to‘xtatgan edi.
Faqatgina 2024 yil iyun oyida xalqaro tashkilotlar ko‘chalarda oqava va suvning to‘planib qolishi ko‘plab odamlar xavfsizligiga tahdid solayotgani haqida xavotir bildirganidan so‘ng, jinoyatchi Isroil harbiy kuchlari ushbu elektr tarmog‘ini chegara chizig‘idan markaziy hududga qayta uladi.