U AQShning birinchi xonimi bilan otishma qurbonlari va ularning oila a’zolari uchun duo qilayotganini aytdi. Jo Bayden hujum sabablari hali ham tekshirilayotganini qo‘shimcha qilib, irqiy sabablarga ko‘ra sodir etilgan jinoyatlarga qarshi qattiq chora ko‘rishga chaqirdi.
14 may kuni 18 yoshli qurollangan shaxs kunning ikkinchi yarmida Buffalo shtatidagi Tops Friendly Marketsga harbiy kiyimda kirib, miltiqdan o‘q uzgan. Otishma natijasida 10 kishi halok bo‘ldi, uch kishi yaralandi, ulardan 11 nafari afro-amerikalik.