Jinoyat ishlari bo‘yicha Arnasoy tuman sudi tomonidan juda kam uchraydigan, antiqa toifadagi jinoyat ishi ko‘rib chiqildi. Bu haqda «Daryo» xabar bermoqda.
Karomat O‘sarova qizi Odina Muradovaning uydan chiqib ketishining oldini olmoqchi bo‘lib, hovlisidagi temir so‘rining suyanchig‘iga qo‘lidan temir zanjir bilan bog‘lab qo‘yadi. Bu yerda ona qizini 2 kun zanjirga bog‘lab saqlaydi.
Ikki kundan so‘ng, ona qizini xonaga olib kirib, deraza oldidagi yog‘och ustunga po‘latdan yasalgan sim bilan yana uch kunga bog‘lab qo‘yadi. Jami besh kun davomida o‘z qizini ozodlikdan mahrum qilgan holda saqlab keladi. Mazkur holat tergov va sudda o‘z isbotini topgan.
Sudda Karomat O‘sarova qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymonlik bildiradi hamda qizi Odina Muradova ham farzand sifatida onasining qilmishini kechirib u bilan yarashganligi sabab, Karomat O‘sarovaga nisbatan jinoyat ishi yarashuv qo‘llab yopilgan.