KXDR rahbari Kim Chen In "agar Amerika va G‘arb malaylari qardosh mamlakatga yana qurolli hujum qilsa," hech ikkilanmasdan Rossiyaga yordam berish uchun KXDR Qurolli Kuchlarini ishga solishga buyruq berishini aytdi. Uning so‘zlarini Koreya markaziy telegraf agentligi keltirgan.
U bu bayonotni 9 may kuni Rossiya elchixonasiga tashrif buyurganda berdi.
"Agar ukrainalik qo‘g‘irchoqlarning yadroviy davlat hududiy yaxlitligiga qarshi ochiqdan-ochiq harbiy harakatlariga e’tibor berilmasa, ular oxir-oqibat yanada aqlsizroq harakatlarga jur’at etishlari mumkin. Bunday vaziyatda, Seullik harbiylar qiyofasidagi birinchi darajali amerikalik malaylar ham shunday beparvolik namunasini ko‘rsatishlari mumkin," - dedi Kim Chen In.