Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Jizzaxlik ayol qo‘shnisiga: "Mashinangni bermasang, qizingning sharmandasini chiqaraman"

Jizzaxlik ayol qo‘shnisiga: "Mashinangni bermasang, qizingning sharmandasini chiqaraman"

Jizzaxda o‘z qo‘shnisidan tovlamachilik yo‘li bilan katta miqdorda pul va avtomobil undirmoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi. Bu haqda Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi «Daryo»ga ma’lum qildi.

14 oktyabr kuni Jizzax shahar Zargarlik mahallasida istiqomat qiluvchi 1974 yilda tug‘ilgan fuqoro A.E. qo‘shnisi 1988 yilda tug‘ilgan ayol S.E.ning tovlamachilik yo‘li bilan pul talab qilayotgani vaji yuzasidan Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi xodimlariga murojaat qiladi.

Ma’lum bo‘lishicha, S.E. qo‘shnisining qizi 1997 yilda tug‘ilgan N.A.ning 20 oktyabr kuni fotiha to‘yi bo‘lishidan xabar topadi. Shundan so‘ng u otasiga «Agarda qizingning to‘yi bo‘lishini, to‘y tinch o‘tishini, bo‘lajak qudalaringning oldida sharmanda bo‘lishni istamasang, menga 115 million so‘mlik Gentra rusumli avtomashinangni berasan», deb qo‘rqitadi.

Bundan tashqari, A.E. bu talablarni bajarishdan bosh tortsa, qizining yengiltabiat ekanligini aytib, ijtimoiy tarmoqlarga jar solishini ma’lum qiladi.

Olib borilgan tezkor tadbir davomida Zargarlik mahallasi hududida fuqaro S.E. qo‘shnisi A.E.dan 73 million 719 ming so‘mlik Nexia-3 rusumli avtomashina hamda 1 ming 500 AQSh dollarni tovlamachilik yo‘li bilan olayotgan vaqtda Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari qo‘lga oladi.

Jizzax viloyat IIB axborot multimedia guruhining ma’lum qilishicha, holat yuzasidan Jizzax shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Kiritildi: 14:39 15.10.2019. O'qildi: 5584 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!