Bugun 11 iyun, 2026 yil, payshanba

КИР

Jizzaxdagi parkda attraksion sinishi oqibatida 4 kishi jarohatlandi

Jizzaxdagi parkda attraksion sinishi oqibatida 4 kishi jarohatlandi

Jizzax shahridagi «O‘rda» istirohat bog‘ida attraksion sinib ketishi oqibatida 4 kishi jarohatlandi. Bu haqda Sanoat, radiasiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, baxtsiz hodisa kecha, 10 iyun kuni taxminan soat 21:44 da sodir bo‘lgan. «O‘rda» ekologik madaniyat va istirohat bog‘idagi «Niyatjon niyati» MCHJga tegishli bo‘lgan, 2019 yilda ishlab chiqarilgan 16 o‘rindiqli «Bashnya padeniya» attraksionida texnik nosozlik yuzaga kelgan.

Hodisa oqibatida jami 4 nafar fuqaro turli darajada tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan. Bildirilishicha, hozirgi vaqtda jabrlanganlar mahalliy shifoxona mas’ullari nazoratida.

Qayd etilishicha, mazkur attraksionda navbatdagi texnik ko‘rik 2025 yil 5 noyabrda o‘tkazilgan. Hozirda holat yuzasidan mutasaddi mas’ul organlar tomonidan tergovga qadar dastlabki o‘rganish va surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: Bugun 13:40. O'qildi: 367 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!