Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Jizzaxdagi maktabda hijobli qiz samosud qilindi (VIDEO)

Jizzaxdagi maktabda hijobli qiz samosud qilindi (VIDEO)

Ijtimoiy tarmoqlarlarda “Jizzaxda maktabda o‘qiydigan qizlar bitta hijobli qizni samosud qilishdi” sarlavhali videolavha tarqaldi.

Mazkur holat yuzasidan o‘tkazilgan surishtiruv ishlari davomida Jizzax shahri Bog‘ishamol mahallasida yashovchi, Jizzax shahridagi o‘rta umumta’lim maktabi o‘quvchisi M.N. ijtimoiy tarmoqda Sharof Rashidov tumani Istiqlol mahallasida yashovchi M.A. bilan muloqotga kirishadi.

O‘zaro yozishmalar chog‘ida ular o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga keladi. Shundan so‘ng M.N. va M.A. Jizzax shahridagi o‘quv markazida uchrashib, janjallashishgan. Ushbu hodisaning tasvirlari ijtimoiy tarmoqda tarqalib ketgan.

Holat yuzasidan Jizzax shahar IIB xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Jizzax viloyati IIB axborot xizmati

Kiritildi: 12:55 18.05.2022. O'qildi: 13382 marta. Fikrlar soni: 25 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!