Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Jizzaxda yigit samosud qilindi

Jizzaxda yigit samosud qilindi

Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzaxda bir necha kishi bir yigitni samosud qilgani aks etgan videolavha tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat IIB rasmiy izoh berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2022 yil 10 sentyabr kuni fuqaro T.Z Sharof Rashidov tumani ichki ishlar bo‘limiga ariza bilan murojaat qilib, o‘ziga oldindan tanish bo‘lgan E.O., I.D. va N.SH.lar uning muqaddam ijtimoiy tarmoq orqali yuborgan rasmini o‘zaro muhokama qilish uchun chaqirib, turli so‘zlar bilan haqorat qilib, urib-tepib, tan jarohati yetkazgani va ushbu jarayonni videotasvirga olib, ijtimoiy tarmoqlarga tarqatgani sababli qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Mazkur holat yuzasidan 2022 yil 20 sentyabr kuni Sharof Rashidov tumani ichki ishlar bo‘limi huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “b, g” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 15:07 21.09.2022. O'qildi: 2842 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!