Bugun 26 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

Jizzaxda Tracker do‘konga borib urildi

Jizzaxda Tracker do‘konga borib urildi

Jizzax shahrining Jizzaxlik mahallasida Tracker ko‘p qavatli uylarning birinchi qavatida joylashgan savdo do‘konining kirish joyiga urilib, yo‘l-transport hodisasi sodir etdi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, kecha, 24 aprel kuni soat 06:08 larda Jizzax shahar Jizzaxlik mahallasi hududida joylashgan O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali avtoturargohida 1986 yilda tug‘ilgan haydovchi o‘ziga tegishli Tracker rusumli transport vositasini boshqarib, avtoturargoh yonidagi ko‘p qavatli uylarning birinchi qavatida joylashgan savdo do‘konining kirish joyiga urilib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.

Bildirilishicha, YTH oqibatida ushbu avtomashina haydovchisi tan jarohatlari bilan RSHTYOIM Jizzax filialining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Mazkur holat yuzasidan Jizzax shahar IIB TB tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 15:01 25.04.2025. O'qildi: 559 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!