Soliq va boshqa majburiy to‘lov qarzdorlikning oshib ketishi davlat byudjetiga hamda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy faoliyatiga salbiy ta’sir etadi. Soliqlarni undirish-eng qadimgi vazifalardan va davlatchilik mavjudligining asosiy shartlaridan biri hisoblangan.
Byuroning Yangiobod tuman bo‘limiga «Agro-Miks» MCHJ hisobidan Jizzax viloyati Soliq boshqarmasiga hisobiga 200 mln. so‘m soliq qarzi undirish hamda Zomin tumanlararo iqtisodiy sudining ijro varaqasiga asosan 27 mln. so‘m elektr energiyasidan qarzdorliklar hamda 6 mln. so‘m davlat boji undirish bo‘yicha ijro varaqalari kelib tushgan.
Mazkur ijro hujjatlari bo‘yicha davlat ijrochisi tomonidan ijro ishi qo‘zg‘atilib, qarzdorga tegishli barcha ko‘chmas mulklari hamda avtotransportlariga taqiq o‘rnatilgan hamda hisob raqamlariga band solingan.
Byuroning Yangiobod tuman bo‘lim boshlig‘i tomonidan ko‘rilgan keskin choralar natijasida qarzdordan ijro hujjatlari bo‘yicha barcha qarzdorliklar to‘liq naqd ko‘rinishda undirilishi ta’minlandi.