Bugun 1 oktyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Jizzaxda sudya yordamchisi 300 dollar olgan vaqtida ushlandi

Jizzaxda sudya yordamchisi 300 dollar olgan vaqtida ushlandi

Jizzax viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Do‘stlik tumanlararo sudi sudya yordamchisi pora olgan vaqtida ushlandi, deya xabar bermoqda Davlat xavfsizlik xizmati.

U Mirzacho‘l tumanida yashovchi ayolning turmush o‘rtog‘i bilan o‘zaro ajrimini tezlashtirib, er-xotin o‘rtasidagi mol-mulkning bir qismini olishida yordam bermoqchi bo‘lgan. Buning evaziga 300 dollar talab qilgan.

Tezkor tadbirda sudya yordamchisi o‘zining xizmat xonasida so‘ralgan pul mablag‘ini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «v» bandi (Xizmat mavqeidan foydalangan holda firibgarlik) va 211-moddasi 1-qismi (Pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 21:35 28.09.2025. O'qildi: 673 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!