Bugun 17 sentyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Jizzaxda soliq qarzi evaziga yana bir metan zapravka xatlandi

Jizzaxda soliq qarzi evaziga yana bir metan zapravka xatlandi

Soliq va boshqa majburiy to‘lov qarzdorlikning oshib ketishi davlat byudjetiga hamda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy faoliyatiga salbiy ta’sir etadi. Soliqlarni undirish-eng qadimgi vazifalardan va davlatchilik mavjudligining asosiy shartlaridan biri hisoblangan.

Jizzax viloyati Soliq boshqarmasining Soliq majburiyatiga ega shaxsning mol-mulki hisobidan soliq qarzini undirish bo‘yicha qarorlariga asosan “B.H” MCHJdan ijro hujjatlari bo‘yicha jami 324 000 000 so‘m soliq qarzi undirish bo‘yicha ijro varaqalari Byuroning Sharof Rashidov tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan.

Davlat ijrochilari tomonidan qarzdorning hisob raqamlariga band solinib, barcha mol-mulklariga taqiq o‘rnatilgan.

Olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdorga tegishli ishga tushmagan Metan zapravka bino-inshootlari xatlandi.

Qarzdorlik to‘liq bartaraf qilinmagan taqdirda, ushbu mulk vositasi auksion savdolarida sotilib, tushgan pullar qarzdorlikga yo‘naltiriladi.

Kiritildi: 20:35 16.09.2025. O'qildi: 435 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!