Ma’lumotlarga ko‘ra, Vladimir Putin mazkur yig‘ilishda yadroviy sinovlarni qayta tiklash ehtimoli haqida so‘z yuritgan. Barcha doimiy a’zolar yig‘ilishda ishtirok etgan bo‘lsa-da, Lavrovning yo‘qligi e’tiborni tortgan. Rasmiylar uning “kelishuv asosida qatnashmagani”ni ma’lum qilgan, biroq bu izoh shubhalarni yo‘qqa chiqarmagan.
Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov Lavrov istefosi haqidagi ma’lumotlarni “asossiz” deb atagan. Shunga qaramasdan, siyosiy muhitda bu masala yuzasidan turli talqinlar va savollar saqlanib qolmoqda.
G20 sammiti bilan bog‘liq e’tiborli o‘zgarish ham kuzatilgan. Odatda bu anjumanda Rossiya delegasiyasiga Sergey Lavrov rahbarlik qilardi. Biroq bu safar delegasiyani iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchi Maksim Oreshkin boshqarmoqda. Siyosiy tahlilchilar buni Lavrovning lavozimidagi “sovuqlashuv signali” sifatida baholamoqda.
Bundan tashqari, Lavrovning AQSh senatori Marko Rubio bilan bo‘lgan uchrashuvlari kutilgan natija bermagani, shuningdek, Tramp–Putin muzlatilgan sammitini tiklashdagi muvaffaqiyatsizlik ham vazir uchun siyosiy zarba sifatida ko‘rilmoqda.
Hozircha Kreml Lavrovning kelajakdagi lavozimi yoki ehtimoliy istefosi haqida rasmiy izoh bermagan.