Rossiya Ukrainadagi urushni to‘xtamoqchi emas — AQSh prezidenti.
Donald Trampning ta’kidlashicha, Moskva Ukrainadagi mojaroni to‘xtishi istamayapti va aynan shu sababdan Budapeshtda Vladimir Putin bilan o‘tkazilishi rejalashtirilgan sammit bekor qilingan. AQSh prezidenti bu haqda Oq uyda Vengriya bosh vaziri Viktor Orban bilan uchrashuvi chog‘ida aytdi.
"Mojaroning mohiyati shunda, rossiyaliklar shunchaki to‘xtamoqchi emas. Menimcha, ular baribir to‘xtaydi, chunki bu urush Rossiyaga juda qimmatga tushyapti", — dedi Oq uy rahbari.
Jurnalistlarning kelajakda Putin bilan uchrashuv o‘tkazilishi ehtimoli haqida savoliga, Tramp "Buning uchun imkoniyat har doim bor", deb javob berdi.
Shuningdek, prezident bu urush yakuniga yaqinlashayotganini, ammo Ukrainaning g‘alabasi uchun “mo‘’jiza kerak bo‘lishini” aytib o‘tdi.