Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Jizzaxda sifati kafolatlanmagan dori vositalarini savdoga chiqarilishining oldi olindi

Jizzaxda sifati kafolatlanmagan dori vositalarini savdoga chiqarilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jizzax shahri bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “M.F.” MCHJ rahbari J.S. va fuqaro M.H. sifatini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan 7 turdagi 644 dona va 298 quti dori vositalarini 152,3 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish, dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizasiya qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 18:10 04.11.2025. O'qildi: 614 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!