Bugun 13 avgust, 2025 yil, chorshanba

КИР

Jizzaxda qidiruvda bo‘lgan Cobalt avtomashinasi Nurotadan topildi

Jizzaxda qidiruvda bo‘lgan Cobalt avtomashinasi Nurotadan topildi

Majburiy ijro byurosi Jizzax viloyati boshqarmasi tijorat banki foydasiga kredit qarzdorligini undirish to‘g‘risidagi sud qarorini ijro etdi. Qarzdor A.B. kredit majburiyatlarini bajarmaganligi sababli, sud uning garovdagi mulki – "Cobalt" avtomobilini undiruvga qaratish haqida qaror chiqargan.
Davlat ijrochisi tomonidan A.B. bir necha bor ogohlantirilganiga qaramay, u qarzdorlikni to‘lashdan bosh tortgan va garovdagi avtomobilini yashirib yurgan. Shu sababli avtomobil qidiruvga berilgan.

Qidiruv tadbirlari davomida qarzdorga tegishli "Cobalt" rusumli avtomashina Navoiy viloyati Nurota tumanida harakatlanayotganligi aniqlandi va jarima maydonchasiga joylashtirildi.

Avtomobil elektron onlayn savdolarida sotilib, tushgan mablag‘dan qarzdorlik qoplanadi.

Kiritildi: 18:53 10.04.2025. O'qildi: 878 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!