Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Jizzaxda Jiguli haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, 5 ta avtomobilga borib urildi

Jizzaxda Jiguli haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, 5 ta avtomobilga borib urildi

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda Jiguli avtomobili 6 ta mashinaga borib urilgani aks etgan video tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo‘lgan edi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu holat joriy yilning 1 dekabr kuni soat 13:30 atrofida Jizzax shahar "Shodlik" MFY hududidan o‘tgan 4R36 “Jizzax- Yangi qishloq- Qizilcha” avtomobil yo‘lining 2 km.ida sodir bo‘lgan.

Xabarga ko‘ra, Jiguli haydovchisi avtomobilni “Forish-Jizzax” yo‘nalishi bo‘ylab boshqarib borayotib, boshqaruvni yo‘qotgan. Natijada yo‘nalishi bo‘ylab o‘ng tomonda ovqatlanish shoxobchasi yonida turgan avtomobillarga borib urilgan.

Ushbu YTH natijasida Vaz-2107 haydovchisi bosh miya jarohati bilan Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markazi Jizzax viloyati filialining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Ushbu transport vositasida bo‘lgan ikki nafar yo‘lovchiga tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Shuningdek, 5 ta avtomobilga moddiy zarar yetkazilgan. Hozirda holat yuzasidan Jizzax shahar IIB tergov bo‘limi tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 10:22 05.12.2023. O'qildi: 2803 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!