Bugun 5 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Jizzaxda fuqaro sud qarori bilan uydan chiqarildi

Jizzaxda fuqaro sud qarori bilan uydan chiqarildi


Vaqtinchalik yashash uchun berilgan uyni bo‘shatib qo‘yishdan bosh tortish holatlari uchrab turadi. Jizzaxda ham shunday voqea yuz berdi.

Fuqaro Z.O‘. Jizzax neft bazasiga tegishli uyda vaqtincha yashab kelgan. Biroq, vaqti kelib, uyni bo‘shatishdan bosh tortgan.

Natijada, uy egasi sudga murojaat qilishga majbur bo‘ldi. Sud qaroriga ko‘ra, Z.O‘. uydan majburiy tartibda chiqarilishi belgilandi. Majburiy ijro byurosi Jizzax shaxar bo‘limi davlat ijrochisi, mahalla raisi va xodimlari hamkorligida sud qarori ijro etildi va fuqaro belgilangan uydan chiqarildi.

Kiritildi: 14:47 03.05.2025. O'qildi: 577 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!