Bugun 3 iyul, 2025 yil, payshanba

КИР

Jizzaxda 17 yoshli qiz bedarak yo‘qoldi

A A A
Jizzaxda 17 yoshli qiz bedarak yo‘qoldi

Jizzax viloyati Paxtakor tumanida 17 yoshli qiz bedarak yo‘qoldi. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, Musurmonova Charos Kamol qizi 2024-yil 29-may kuni yashash uyidan maktabga chiqib ketib bedarak yo‘qolgan. U 2007-yilda Jizzax viloyati Paxtakor tumanida tug‘ilgan.

Alohida belgilari: bo‘yi 165-170 sm atrofida, bug‘doyrang, o‘rtacha gavdali, sochi, qoshlari va ko‘zlari qora rangda, sochi o‘rtacha uzunlikda.

Ushbu shaxs haqida ma’lumotga ega bo‘lgan fuqarolar hududiy IIBlarga yoki 102 raqami orqali xabar berishi so‘raldi. Fuqarolar tomonidan taqdim qilingan har qanday ma’lumotlar sir saqlanishi kafolatlanadi.

Kiritildi: 23:04 20.07.2024. O'qildi: 1836 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!