Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Jizzaxda 15 000 dollarga yengilroq jazo tayinlatib berishni va’da qilgan firibgar ushlandi

A A A
Jizzaxda 15 000 dollarga yengilroq jazo tayinlatib berishni va’da qilgan firibgar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Jizzax viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro R.A. “T-Sh.” MCHJ rahbari D.E.ga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida 15 000 AQSh dollari evaziga yengil jazo tayinlatib berishini aytib, shundan 5 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 10:10 01.02.2024. O'qildi: 1252 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!