Bugun 19 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Jismoniy tarbiya va sport universiteti faoliyatini yanada takomillashtirishga bag‘ishlangan taqdimotlar ko‘rib chiqildi

A A A
Jismoniy tarbiya va sport universiteti faoliyatini yanada takomillashtirishga bag‘ishlangan taqdimotlar ko‘rib chiqildi

Bugun, O‘zbekiston Respublikasi Sport vaziri Adham Ikramov O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetini sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish yuzasidan istiqboldagi rejalar va universitetida moddiy-texnik bazani kuchaytirishga qaratilgan 2024 yilgi ustuvor vazifalar yuzasidan taqdimotlar bilan tanishdi.

Taqdimotda Universitet faoliyatini raqamlashtirish, sport klublarini takomillashtirish, xorijiy olimlar va mutaxassislarni jalb etish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan ma’lumot berildi.

Shundan so‘ng, universitetda amalga oshiriladigan yangi qurilish loyihalari, yangi o‘quv binolarni barpo etish, ochiq va yopiq suzish havzasini rekonsturksiya qilish bo‘yicha ishlar mohokama qilindi.

Kiritildi: 13:03 30.01.2024. O'qildi: 1348 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!