Bugun 16 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Jirafa hayvonot bog‘idan qochdi

A A A
Jirafa hayvonot bog‘idan qochdi

Amerikaning hayvonot bog‘laridan biridan yosh jirafa qochish uyushtirdi.

Mazkur olamshumul hodisa Indiana shtatidagi Fort-Veyn hayvonot bog‘ida sodir bo‘lgan. Videokameralarga 7 oylik jirafaning qochgani muhrlanib qolgan.

Hayvonot bog‘i xodimlari uni yaqin atrofdagi avtoturargohdan tutib kelishga muvaffaq bo‘lishgan. Aytishlaricha, yosh jirafa tashrif buyuruvchilar soni haddan tashqari ko‘pligidan qo‘rqib, qochishga harakat qilgan. Hayvonot bog‘ida mavsum shu dam olish kuni ochilgan edi: birinchi kunlarda mehmonlar ko‘p tashrif buyurishi tabiiy hol.

Mazkur qiziqarli videoni 30 mingdan odam tomosha qilishga ulgurdi. Endi yosh jirafaning fanatlari yanayam ko‘payishi tabiiy hol.

Manba: ru.tsn.yua

Kiritildi: 02:00 14.05.2018. O'qildi: 1644 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik