Isroilning "Channel 12" telekanali xabariga ko‘ra, Shin Bet ichki xavfsizlik xizmati yaqinda ozod etiladigan falastinlik mahbuslarning oilalarini bayram qilishdan ogohlantirgan.
Shu oy boshida mahbuslar ozod etilgandan so‘ng, Isroil kuchlari bosib olingan Sharqiy Quddusda 12 nafar falastinlikni qamoqqa oldi, chunki ularning HAMAS bayroqlarini silkitib, osmonga o‘q otayotgani aks etgan videolar paydo bo‘lgan edi.
Jinoyatchi Isroilning da’vo qilishicha, bu erkaklar go‘yoki G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi kuchga kirgandan beri joriy etilgan "quvonchni ifodalash" va "HAMASni qo‘llab-quvvatlash" taqiqini buzishgan.
Kelishuvning birinchi bosqichiga ko‘ra, HAMAS 2023 yil 7 oktyabrda qo‘lga olingan 33 nafar asirni Isroil qamoqxonalarida saqlanayotgan yuzlab falastinlik mahbuslarni ozod qilish evaziga qo‘yib yubormoqda.