Isroil qo‘shinlari Xermon cho‘qqisini jinoiy yo‘l bilan egallab oldi.
Mamlakat mudofaa vaziri Isroil Katz X-ga o‘zini bosh vazir bilan birga tog‘ni kuzatayotgani tasvirlangan suratni joylashtirdi.
«51 yildan so‘ng Isroil nazoratiga qaytgan Xermon tog‘ining Suriyadagi cho‘qqisiga qarayapmiz. Qiziqarli tarixiy lahza», deb yozadi Katz postida.
So‘nggi kunlarda Isroil qo‘shinlari Suriya ichidagi qurolsizlantirilgan zonaga, jumladan Damashqqa qaragan strategik Xermon tog‘ining Suriya tomoniga ko‘chib o‘tdi va u yerda Suriyaning tashlandiq harbiy postini egallab oldi.
Isroil o‘zining quruqlikdagi qo‘shinlarining Suriyada amalga oshirayotgan jinoyatlarini vaqtinchalik va Isroil xavfsizligi uchun ekanligini da’vo qilgan.
BMT Suriya o‘tish davrini boshidan kechirayotgani uchun qo‘shnilarini uning hududiy yaxlitligini hurmat qilishga chaqirdi.