Bugun 9 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Jinoiy jarimani to‘lamagan shaxslarning jazosi ozodlikdan mahrum qilish jazosiga almashtirildi

Jinoiy jarimani to‘lamagan shaxslarning jazosi ozodlikdan mahrum qilish jazosiga almashtirildi

Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati apellyasiya instansiyasining 02.07.2024 yildagi ajrimi bilan Andijon tumanida yashovchi fuqaro O‘.X.ga 9 yil 3 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanib, 30 mln so‘m jinoiy jarima pullari davlat foydasiga undirilishi belgilab qo‘yilgan. Biroq, mahkum jazoni ijro etish muassasasida jazoni o‘tayotganligi sababli jarima pullarini to‘lay olmagan.

Qarzdorning nomida undiruv qaratilishi mumkin bo‘lgan mol-mulklar mavjud emasligi sababli, Majburiy ijro byurosi Andijon tuman bo‘limi davlat ijrochisi tomonidan sudga taqdimnoma kiritilib, jazoni boshqa jazo turiga almashtirish so‘ralgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudi ishni ko‘rib chiqib jinoiy jarima jazosini 6 oy 7 kun ozodlikdan mahrum qilish jazosiga almashtirdi va unga tayinlangan jazo muddati 9 yil 4 oy deb o‘zgartirildi.

Shu kuni jinoiy jarimani to‘lamasdan kelgan M.A.ning ham jazo muddati uzaytirildi.

Kiritildi: 14:36 30.05.2025. O'qildi: 585 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!