Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

“Jenoa" o‘zining yangi Eldor...adosini topdi” — italyan nashri (FOTO)

“Jenoa" o‘zining yangi Eldor...adosini topdi” — italyan nashri (FOTO)

Eldor Shomurodov haqida italiyaning Gazzetta Dello Sport nufuzli nashri yozmoqda. Bu haqda sharhlovchi Davron Fayziyev telegram kanalida yozdi.

“Jenoa" o‘zining yangi Eldor...adosini topdi” — italyan nashri (FOTO)

“Jenoa" o‘zining yangi Eldor...adosini topdi”, deyilgan sarlavhada. Shuningdek, uning Italiyadagi hayoti, O‘zbekistonda uning faoliyatiga munosabat, natijalari, instagram sahifasi va yana bir qancha ma’lumotlar yozilgan. Bularni tarjima qilmasak ham sizga ma’lum, italiyaliklar esa Shomurodov bilan endi tanishmoqda. Eldorning debyuti "Jenoa"da umid uyg‘otmoqda. Uning yordamida Genuya klubi A Seriyada kurashni davom ettirmoqchi. 

Darvoqe, Gazzetta vakillari bizga ham (O‘FA Mediyasiga) murojat qilib Vadim Abramovning fikrlari bilan qiziqishdi. Tashkil etib berdik. Hozirda Italiya futbol ommasi O‘zbekiston futboli bilan yaqindan tanishmoqda. Mana qanchalik muhim kuchli chempionatlarda vakillarimiz o‘ynashi. Ko‘payaverishsin. 
 

Kiritildi: 17:53 11.01.2021. O'qildi: 12129 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!