Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi vakiliga ko‘ra, Jennifer Lopesning 7 avgust kuni Toshkentda bo‘ladigan konserti uchun davlat mablag‘i sarflanmaydi. Barcha xarajatlar tadbirkorlar tomonidan qoplanadi.
Konsert “Bunyodkor” stadionida o‘tadi. Stadionda oldindan bosim sinovlari o‘tkazilgan va gazon holati qoniqarli deb topilgan.
Jamg‘arma ushbu konsert orqali O‘zbekistonning xalqaro madaniy tadbirlarga tayyorligini namoyish etmoqchi. Kelgusida Jennifer Lopes darajasidagi yoki undan ham mashhur xalqaro yulduzlarni olib kelish rejasi bor.
Ma’lumot o‘rnida: konsert chiptalarining 40 foizi 35 dan ortiq davlat fuqarolari tomonidan sotib olingan.