AFP agentligining xabar berishicha, Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniya tashqi ishlar vazirlari Eron TIV rahbari Abbos Aroqchi bilan muzokaralar o‘tkazmoqda.
Mazkur uchrashuv Isroil va Eron o‘rtasidagi mojaroni bartaraf etish bo‘yicha Yevropaning sa’y-harakatlari doirasida tashkil etilgan.
Reuters agentligiga ko‘ra, Aroqchi muzokaralar joyiga Jenevada joylashgan BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashidagi chiqishidan so‘ng kelgan. Uning ushbu chiqishi Isroilning BMT Jeneva vakolxonasidagi elchisining noroziligiga sabab bo‘lgan.