Meksikani tartibsizliklar to‘lqini qamrab oldi va FIFA yaqinlashib kelayotgan futbol bo‘yicha Jahon chempionatini hisobga olgan holda vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda. Turnir uchta davlat — AQSH, Kanada va Meksikada o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Matbuotda FIFA Meksika mundial mezboni maqomidan mahrum bo‘lishi mumkin bo‘lgan ssenariyni istisno etmayotgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Bunga mamlakatdagi eng yirik kartellardan birining yetakchisi «El Mencho»ning o‘limidan so‘ng boshlangan zo‘ravonliklar sabab bo‘lmoqda.
Shu bilan birga, Meksika prezidenti Klaudiya Sheynbaum Pardo maxsus bayonot bilan chiqdi. U Jahon chempionatini o‘tkazish borasida «hech qanday xavf» yo‘qligini va musobaqani dastlabki reja bo‘yicha tashkil etish uchun «barcha kafolatlar» mavjudligini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, amaldagi jahon chempioni Argentina terma jamoasi hisoblanadi.