2026 yilgi FIFA Jahon chempionati uchun chiqarilgan dastlabki 2 millionta chiptalar sotildi!
Dunyoning 200 dan ortiq mamlakati va hududlaridan muxlislar tarixdagi eng katta va eng inklyuziv @fifaworldcup musobaqasiga guvoh bo‘lish uchun o‘z o‘rinlarini band qilishdi!
"Dastlabki ikki chipta savdosi bosqichida eng ko‘p xaridni mezbon davlatlarimiz — Kanada, Meksika va Amerika Qo‘shma Shtatlari muxlislari amalga oshirdi" - deyiladi xabarda.
Chipta savdosining navbatdagi bosqichi qur’a tashlash marosimidan so‘ng, 11 dekabr FIFA.com/tickets sayti orqali amalga oshiriladi.