Bugun 27 iyul, 2026 yil, dushanba

КИР

JCH-2026: Ispaniya Avstriyani yirik hisobda mag‘lub etib, nimchorak finalga yo‘l oldi (VIDEO)

JCH-2026: Ispaniya Avstriyani yirik hisobda mag‘lub etib, nimchorak finalga yo‘l oldi (VIDEO)

Ispaniya terma jamoasi Jahon chempionati — 2026ning 1/16 final bosqichida Avstriyani 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuv Los-Anjeles shahrida bo‘lib o‘tdi.

Ispaniyaliklar hujumchisi Mikel Oyyarsabal 36 va 89-daqiqalarda gol urib, dublni rasmiylashtirdi. Ikkala gol ham Mark Kukurelyaning uzatmalaridan so‘ng kiritildi.

Yana bir golga 66-daqiqada himoyachi Pedro Porro mualliflik qildi. Bu gol u uchun terma jamoa safidagi debyut gol bo‘ldi.

Ispaniyaliklar 1/8 finalda Portugaliya — Xorvatiya uchrashuvi g‘olibiga qarshi maydonga tushishadi.

Kiritildi: 04:08 03.07.2026. O'qildi: 789 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!