Bugun 26 avgust, 2026 yil, chorshanba

КИР

JCH-2026. Fransiya Mbappening goli evaziga Paragvayni mag‘lub etdi, o‘yinni hamyurtimiz borshqardi (video)

JCH-2026. Fransiya Mbappening goli evaziga Paragvayni mag‘lub etdi, o‘yinni hamyurtimiz borshqardi (video)

2026 yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionatining 1/8 final bosqichida Paragvay va Fransiya terma jamoalari o‘zaro to‘qnash keldi. AQShning Filadelfiya shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvni o‘zbekistonlik hakam Ilgiz Tantashev boshqarib bordi. Bahs Fransiyaning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

O‘yindagi yagona gol 70-daqiqada urildi. Fransiya hujumchisi Kilian Mbappe penaltini aniq amalga oshirib, jamoasiga g‘alaba keltirdi. Bu 28 yoshli futbolchi uchun joriy mundialdagi yettinchi va Jahon chempionatlari tarixidagi 19-goli sifatida qayd etildi. U Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi bilan birgalikda to‘purarlar poygasida yetakchilik qilmoqda.

Fransiya 1/16 finalda Shvesiyani 3:0 hisobida mag‘lub etgandi. Endilikda Didye Desham shogirdlari chorak finalda Kanada ustidan 3:0 hisobida zafar quchib, ushbu bosqichga yo‘l olgan Marokash terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Paragvay esa musobaqadagi ishtirokini yakunladi.

Kiritildi: 08:31 05.07.2026. O'qildi: 1233 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!