Bugun 26 aprel, 2026 yil, yakshanba

КИР

JCH-2026 finali uchun chiptalar narxi juda yuqorilab ketdi

JCH-2026 finali uchun chiptalar narxi juda yuqorilab ketdi

Jahon chempionati boshlanishiga sanoqli haftalar qolayotgan bir vaqtda, turnir atrofidagi qiziqish rekord darajaga yetmoqda. Xususan, 19 iyul kuni Nyu-Jersida bo‘lib o‘tadigan final bahsi chiptalarining narxi keskin qimmatlashgan.

derbyderbyderby.it nashrining xabar berishicha, final o‘yini uchun chiptalarning maksimal narxi 2 million yevrogacha yetmoqda. FIFA tomonidan olib borilayotgan narx siyosati esa muxlislar va ekspertlar o‘rtasida turli munozaralarga sabab bo‘lyapti.

Hozirda hal qiluvchi bahs uchun eng arzon chiptalarning boshlang‘ich narxi 23 ming yevro qilib belgilangan. Narxlar stadiondagi o‘rinlarning joylashuvi va toifasiga qarab keskin farq qilmoqda.

Shuningdek, chiptalar sotuvida kutilmagan holatlar ham kuzatilmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, ba’zi sektorlarda 138 ming yevrolik "lyuks" toifadagi o‘rindiqlar 23 ming yevrolik oddiy joylar bilan yonma-yon joylashgan. Bunday nomutanosiblik chipta bozoridagi narxlarning sun’iy ravishda oshishi va talabning haddan tashqari yuqoriligi bilan izohlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bo‘lajak Jahon chempionati ilk bor uchta davlat — AQSH, Kanada va Meksika mezbonligida o‘tkaziladi. Final bahsi esa AQShning Nyu-Jersi shtatidagi "Metlayf" stadionida bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: Bugun 17:34. O'qildi: 278 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!